O‘zbekiston fuqarolarining haydovchilik guvohnomasi BAAda ham amal qila boshladi
Mamlakat, shuningdek, 52 davlat sayyohlariga haydovchilik qoidalari soddalashtirdi
Birlashgan Arabirliklarida 52 mamlakatdan kelgan sayyohlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun va rezidentlarga imtihon topshirishni talab qilmasdan mashina haydashga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat IIV sayti tayanib Gulf News xabar berdi.
Ushbu davlat fuqarolari o‘z milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishlari yoki ularni nazariy va amaliy imtihonlarsiz mahalliy guvohnomalarga almashtirishlari mumkin. Ro‘yxatga O‘zbekiston ham kiritilgan, ammo Rossiya va Qozog‘iston bu ro‘yxatda yo‘q.
Turistlarga mahalliy hujjatlarni rasmiylashtirmasdan o‘z haydovchilik guvohnomalari bilan avtomobil boshqarishga ruxsat beriladi.
Rezidentlar haydovchilik guvohnomasini 600 dirham (~$164) evaziga BAA guvohnomasiga almashtirishlari mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ