O‘zbekistonda avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga o‘zgartirish kiritilmoqda

Xususan, ishonch bildirilgan shaxs uni mamlakat tashqarisiga olib chiqishi mumkin

O‘zbekistonda avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga o‘zgartirish kiritilmoqda

Avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ishonch bildirilgan shaxsga uni mamlakat tashqarisiga olib chiqish huquqini beruvchi bandni kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Hujjat O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Loyihada avtomototransportlarga nisbatan rasmiylashtirilgan ishonchnomada mazkur avtomototransportlarning respublika hududidan olib chiqish huquqi mavjudligi yoki cheklanganlik holatini qayd etish nazarda tutilgan.

Loyihaga ilova qilingan ma’lumotnomada ishonchnoma asosida avtotransport vositalarini olib chiqib, ularni chet elda sotish holatlari tez-tez uchrayotgani qayd etilgan. Hujjatda keltirilgan statistikaga ko‘ra, 2024-yilda 50 ga yaqin fuqarolarga tegishli transport vositalarining olib chiqilib, qaytarilmagani aniqlangan. 2025-yil iyun oyining o‘zida 8 ta shunday holat qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi