Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Tartib 5-martdan boshlab amal qiladi

Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi

2025-yil 5-martdan boshlab, yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi

Xususan, 29-sonli “Huvaydo mahallasi – Paxtakor metrosi” — Beruniy va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.

120-sonli “Chorsu metrosi – Guliston mahallasi” — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanadi.

105-sonli “Sergeli qo‘rg‘oni – Chilonzor buyum bozori” — Xonabod ko‘chasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi.

117-sonli “Toshkent quvur zavodi – Food City” — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi.

154-sonli “Bobur mahallasi – Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi” — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi.

87-sonli “AI Xorazmiy mavzesi – Qoraqamish 2/4 mavzesi” — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi ko‘chalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.

17T-sonli “Bekobod mavzesi – Chilonzor buyum bozori” — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayrag‘och, Bekobod, Istirohat ko‘chalari orqali harakatlanadi.

99-sonli “Suvsoz mavzesi – Farhod bozori” — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yo‘li, Lutfiy va Farhod ko‘chalari orqali harakatlanadi.

12-sonli “Qo‘yliq dehqon bozori – Qushbegi mavzesi” — Qushbegi mavzesidan Kichik halqa yo‘li va Bobur ko‘chalari orqali Xalqaro Aeroport-2 bekatigacha harakatlanadi.

174-sonli “Aviasozlar AShB – Jumabozor qo‘rg‘oni” — Jumabozor AShBdan Jumabozor qo‘rg‘oni bekatigacha uzaytiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xorijiy investorlar uchun Toshkent va Samarqandda “Kelajak metallari” texnoparklari ochiladi
/
Xorijiy investorlar uchun Toshkent va Samarqandda “Kelajak metallari” texnoparklari ochiladi
O‘zbekistonda Amazonning sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda Amazonning sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi
Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholiga ega shaharlarga aylantiriladi
/
Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholiga ega shaharlarga aylantiriladi