O‘zbekiston avgust oyida oltin eksport qilmadi

Markaziy bank yanvar–avgust oylarida o‘tgan yilga qariyb uch baravar kam — $2,8 mlrdlik oltin sotgan

O‘zbekiston avgust oyida oltin eksport qilmadi

O‘zbekiston 2026-yil avgust oyida oltin eksportini amalga oshirmadi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etilgan.

Markaziy bank yanvar–avgust oylarida jami $2,8 mlrdlik oltin sotgan. Bu 2025-yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb uch baravar kam.

Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida oltin eksporti faqat aprel va iyul oylarida amalga oshirilgan. Aprelda $1,5 mlrd, iyulda esa $1,3 mlrdlik oltin eksport qilingan.

Shu tariqa, hisobot davrida oltinning mamlakat jami eksportidagi ulushi 12,3%ni tashkil etdi. Avvalgi davrlarda qimmatbaho metall sotuvi mamlakat umumiy eksportining kamida uchdan bir qismini tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yil yanvar–avgust oylarida $8,32 mlrdlik oltin sotilgan. Bu mamlakat jami eksporti hajmining 35,2%iga teng bo‘lgan.

Oltin zaxiralari 46,7 tonnaga ko‘paygan

Oltin eksportining qisqarishi fonida mamlakatning qimmatbaho metall zaxiralari hajmi oshib bormoqda.

2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekiston zaxirasida 14,1 mln unsiya yoki 438,56 tonna oltin saqlangan. Yil boshida bu ko‘rsatkich 12,6 mln unsiya yoki 391,9 tonna bo‘lgan.

Shunday qilib, sakkiz oy davomida mamlakat oltin zaxiralari qariyb 46,66 tonnaga oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7,1 mln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7,1 mln so‘mga yetdi
Raiffeisen Bank International Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishni ko‘rib chiqmoqda
/
Raiffeisen Bank International Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishni ko‘rib chiqmoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $57,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $57,4 mlrdga yetdi