O’zbekiston Rossiyaning «Auchan» gipermarketlarida to’qimachilik va elektrotexnika mahsulotlarini sotishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, respublikada Frantsiya autsorsing kompaniyasini ochmoqchi

O’zbekiston Rossiyaning «Auchan» gipermarketlarida to’qimachilik va elektrotexnika mahsulotlarini sotishni rejalashtirmoqda

O’zbekistonning charm poyabzallari, to’qimachilik mahsulotlari va elektrotexnikalari Rossiyadagi 230 ta «Auchan» gipermarketlarida paydo bo’lishi mumkin. Bu haqda «O’zcharmsanoat» matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 yanvar kuni «O’zcharmsanoat» raisi Faxriddin Boboyev «Auchan Retail Russia» direktori Pyer Kardelli bilan uchrashdi. Tomonlar Rossiyadagi 230 dan ortiq «Auchan» do’konlarida o’zbek poyabzallari, to’qimachilik va elektrotexnika mahsulotlarini joylashtirish, shuningdek, ta’lim dasturini ishga tushirish va O’zbekistonda sorsing kompaniyasini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda, shuningdek, «Auchan»ning Rossiya filiali bilan muvaffaqiyatli hamkorlikdan so’ng, korporatsiyaning Yevropa tarmog’i charm poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O’zbekiston korxonalari bilan aloqa o’rnatish niyatida ekanligi ta’kidlandi.

 

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi