“Universal bank” ATB YeTTBning Savdoni Rivojlantirishga Ko’mak (TFP) dasturiga rasman qo’shildi

Hamkorlik bank mijozlari uchun eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish va xalqaro savdo vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi

“Universal bank” ATB YeTTBning Savdoni Rivojlantirishga Ko’mak (TFP) dasturiga rasman qo’shildi

“Universal bank” ATB Yevropa Tiklash va Taraqqiyot Banki (YeTTB)ning Savdoni Rivojlantirishga Ko’mak (TFP) dasturiga qo’shilib, xalqaro moliyaviy hamjamiyatdagi o’rnini mustahkamlashda yana bir muhim qadamni bosdi.

Ushbu hamkorlik Bankning xalqaro standartlarga muvofiq izchil rivojlanishini e’tirof etadi va yetakchi xalqaro moliyaviy institutlarning ATB “Universal bank”ga bo’lgan ortib borayotgan ishonchini aks ettiradi.

Hamkorlik doirasida “Universal bank” ATB va YeTTB revolver kredit shartnomasi (RCA) hamda emitent bank shartnomasini (IBA) imzoladi va faollashtirdi. Ushbu shartnomalar bankning xalqaro savdo operatsiyalarini qo’llab-quvvatlash, eksport-import amaliyotlarini moliyalashtirish hamda mijozlarga global bank amaliyotlariga mos zamonaviy savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etish salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining TFP dasturi global savdoni qo’llab-quvvatlash, mahalliy kompaniyalarni xalqaro bozorlarga integratsiya qilishni osonlashtirish va O’zbekiston Respublikasida savdoni moliyalashtirish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan eng obro’li xalqaro platformalardan biri hisoblanadi.

O’z navbatida, TFP dasturida ishtirok etish “Universal bank” ATB mijozlari bo’lgan kichik va o’rta biznes korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi.

“Universal bank” ATB o’z mijozlari uchun savdoni moliyalashtirish operatsiyalarini faol ravishda oshirish, ilg’or xalqaro amaliyotlarni joriy etish va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida yetakchi global moliyaviy institutlar bilan strategik hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi.

Sayt: universalbank.uz 

Facebook: @universalbank.uz

Instagram: @universalbank.uz

Telegram: @myuniversalbank

LinkedIn: universalbank.uz

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi
/
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi