Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi

Regulyator inflyatsiyasini pasaytirish maqdadida pul-kredit sharoitlarini nisbatan qatʼiy darajada saqlab qolmoqda

Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Bu qaror iqtisodiy faollikning davom etayotgan tendensiyalari, inflyatsiyaning sekinlashuvi va mavjud inflyatsion xatarlar hisobga olinib qabul qilindi.

2025-yil sentabr oyida yillik umumiy inflyatsiya 8% gacha pasaydi. Bunga oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining sekinlashishi (yillik 6,1%) hamda soʻm kursining mustahkamlanishi taʼsirida bazaviy inflyatsiyaning yillik 7% gacha sekinlashishi xizmat qildi. Va ko’rsatkch yil yakunigacha shu darajada shakllanishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, faol yalpi talab sharoitida xizmatlar inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda. Bundan tashqari, tashqi taklif omillari, energiya narxlarining erkinlashtirilishining ikkilamchi taʼsirlari va xarid qobiliyatining oshishi hisobiga kelgusida inflyatsion bosimlar saqlanib qolishi mumkin.

III chorakdagi yuqori koʻrsatkichlar davom etishi prognoz qilinib, yil yakunida YaIM real oʻsishi 7-7,5% atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Markaziy bank inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasini barqaror davom ettirish maqsadida pul-kredit sharoitlarini nisbatan qatʼiy darajada saqlab qolishni taʼkidladi. Qatʼiy sharoitlar jamgʻarish jozibadorligini saqlab qolish va yalpi talabni muvozanatlashtirish orqali inflyatsiyaga monetar omillarning taʼsirini kamaytirishga xizmat qiladi.

Markaziy bank oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5% lik targetigacha pasayishiga erishishni maqsad qilgan.

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 11-dekabr kuniga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi