O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qiladi

Vizasiz tartib 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi

O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qiladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari O‘zbekiston hududiga 30 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda 2025-yil 3-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan farmonga tayanib, UzA axborot agentligi xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, belgilangan sanadan e’tiboran AQSH fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha vizasiz bo‘lish tartibi joriy etiladi.

Vizasiz tartibni joriy etish ikki davlat o‘rtasidagi turistik va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi