O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdi

Davlat banklarida NPL ulushi 4,1% gacha kamaydi, xususiy banklarda esa 4,3% darajasida saqlanib qoldi

O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdi

2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektoridagi muammoli kreditlar (NPL) 23,65 trln so‘mni tashkil etib, jami ajratilgan kreditlarning 4,2% ini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Davlat banklarida NPL ulushi 4,2% dan 4,1% ga kamaydi, xususiy banklarda esa bu oy ham 4,3% darajasida qoldi.

Davlat banklari orasida muammoli kreditlarning eng katta ulushi “Biznesni rivojlantirish banki”da qayd etildi — 7,9% (o‘tgan oyda 8,1%). Keyingi o‘rinlarda “Mikrokreditbank” — 6,6% (o‘zgarishsiz), “Asakabank” — 4,8% (o‘tgan oyda 4,7%) va “Agrobank” — 4,2% (o‘tgan oyda 4,5%).

Xususiy sektorda esa “Garant Bank” — 22,4% (o‘tgan oyda 23,4%) ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda “AVO Bank” — 12,7% (13,1%) va “Ipoteka-bank” — 9,7% (10,2%) ko‘rsatkich bilan bormoqda.

Aprel oyida banklarning umumiy kredit portfeli 551,8 trln so‘mdan 565,5 trln so‘mga oshdi. Shundan 389 trln so‘mi davlat banklariga, 176,4 trln so‘mi esa xususiy banklarga to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi bir yilda qariyb 8 barobarga oshdi
/
Islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi bir yilda qariyb 8 barobarga oshdi
Sho‘rtan GKM loyihasida 643 mlrd so‘mlik talon-torojlik aniqlandi
/
Sho‘rtan GKM loyihasida 643 mlrd so‘mlik talon-torojlik aniqlandi
Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi
/
Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi