O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida yuqoriladi

Mamlakat bir oy ichida ikki pog‘onaga ko‘tarildi, mobil internet tezligi 57,77 Mbit/soniyani tashkil etdi

O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida yuqoriladi

2026-yil aprel yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Speedtest Global Index reytingida mobil internet tezligi bo‘yicha 76-o‘rinni egalladi.

Mart oyiga nisbatan mamlakat reytingda ikki pog‘onaga yuqorilagan. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil internetning o‘rtacha tezligi 57,77 Mbit/soniyani tashkil etgan.

Shuningdek, simli internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 75-o‘rinda qoldi va bu yo‘nalishda reytingdagi pozitsiyasi o‘zgarmadi. Mamlakatdagi o‘rtacha simli internet tezligi 93,84 Mbit/soniyaga baholangan.

Reytingda eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklari hissasiga to‘g‘ri kelib, u yerda ko‘rsatkich 647,28 Mbit/soniyani tashkil etdi.

Simli internet bo‘yicha esa yetakchilik Singapurga nasib etdi. Mamlakatda o‘rtacha tezlik 430,31 Mbit/soniyaga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi