Aprel oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llanildi — Markaziy bank

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 9 ta masala ko‘rib chiqilgan

Aprel oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llanildi — Markaziy bank

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026-yilning aprel oyidagi yig‘ilishlar (jami 6 marotaba) davomida 30 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, deb xabar bermoqda regulyator matbuot xizmati.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 21 ta masala, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (1 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (15 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 9 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya hamda o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat tashkil etilmaganligi hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
/
Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi
/
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi