Biznesning bo‘sh mablag‘lari ishlashi kerak: APEX BANK depozitlari bilan qo‘shimcha daromad
Bank yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qulay va moslashuvchan shartlarga ega muddatli depozitlarni taklif etadi
Har qanday biznes faoliyatida ma’lum vaqt davomida foydalanilmaydigan bo‘sh mablag‘lar yuzaga keladi. Agar bu mablag‘lar shunchaki hisobvaraqda saqlansa, ular daromad keltirmaydi. Ularni depozitga joylashtirish esa nafaqat mablag‘larni ishonchli saqlash, balki qo‘shimcha daromad olish imkonini ham beradi.
APEX BANK yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qulay va moslashuvchan shartlarga ega muddatli depozitlarni taklif etadi. Har bir mijozning faoliyat yo‘nalishi, moliyaviy ehtiyojlari va biznes xususiyatlari inobatga olinib, individual yechimlar taklif etiladi.
Bank depozitlari quyidagi qulay shartlarni taqdim etadi:
- milliy valyutada — yillik 18% gacha;
- AQSH dollarida — yillik 6% gacha, yevroda — yillik 3,5% gacha.
Depozit muddati kamida 13 oyni tashkil etadi, depozit summasi esa cheklanmagan. Shu bois APEX BANK depozitlari kichik va o‘rta biznes vakillari hamda yirik korxonalar uchun birdek qulay yechim hisoblanadi.
Depozit mahsulotlari biznes ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Zaruratga qarab depozitni to‘ldirish yoki mablag‘larni qisman yechib olish imkoniyati mavjud bo‘lib, barcha shartlar mijoz bilan individual tartibda kelishiladi. Bu esa kompaniyalarga kundalik faoliyat uchun zarur likvidlikni saqlab qolgan holda, bo‘sh mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda depozit nafaqat mablag‘larni saqlash vositasi, balki biznes kapitalini samarali boshqarishning muhim moliyaviy instrumentidir. APEX BANK depozitlari yordamida kompaniyalar bo‘sh mablag‘larini daromad keltiruvchi aktivga aylantirib, moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlashi mumkin.
Telefon:1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ