APEX BANK: mahallalarda yangi imkoniyatlar va barqaror daromad sari
Bank mahallalarda aholining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish, moliyaviy savodxonligini oshirish va yangi daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida APEX BANK AJ mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda bankka Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Xo‘ja Uchqun va Olmazor tumanidagi Guruchariq mahallalari biriktirilgan. Bu hududlarda “Mahalla bankiri” va yordamchi agentlar aholi bilan bevosita ishlaydi. Ular mahallalarning tadbirkorlik salohiyatini o‘rganib, aholining biznes g’oyalarini loyihalarga aylantirish, ularni moliyalashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy ko‘mak bermoqda.
Yordamchi agentlar aholining ehtiyojlarini o‘rganish bilan birga, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar beradi. Ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida har oy o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etiladi.

Mashg‘ulotlarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanishni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, mobil banking, QR-kod orqali to‘lovlar, elektron hamyonlar va naqdsiz to‘lovlardan foydalanish, kreditdan oqilona foydalanish, omonatga mablag‘ joylashtirish hamda to‘lov intizomiga rioya qilish bo‘yicha sodda va tushunarli tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (firibgarlik) amaliyotlarini oldini olish va moliyaviy xavfsizlik qoidalari bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu jarayonda aholiga ma’lumotlarni yanada tushunarli yetkazish maqsadida video va foto materiallardan ham foydalaniladi.

Mazkur ishlar amaliy natijalar bilan mustahkamlanmoqda. 2025-yilda “Sayxunobod tajribasi” doirasida 100 ta mikroloyihani amalga oshirish uchun 330 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 212 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishiga imkoniyatlar yaratildi.
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Xo‘ja Uchqun va Guruchariq mahallalarida 12 ta mikroloyiha uchun 1 mlrd 497 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada 31 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi uchun imkoniyat yaratildi, 10 ta xonadonga esa loyiha paketlari yetkazib berildi.
Mahalla aholisining tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida duga shaklidagi, plyonka ostida ko‘katlar yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu usul orqali 6 sotix yer maydonida yiliga 2–3 marta hosil olish va o‘rtacha 60–65 mln so‘m sof daromadga ega bo‘lish mumkinligi bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 16 yoshdan katta, bank hisobvarag‘i yoki bank kartasiga ega bo‘lmagan 99 nafar fuqaro bepul bank kartalari bilan ta’minlandi.
APEX BANK uchun mahalladagi faoliyat faqat kredit ajratish yoki bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan cheklanmaydi. Bankning maqsadi — aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi va barqaror daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish hamda mahallalarda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga hissa qo‘shishdir.
Теlefon: 1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ