ANORBANK «Murabbiy» — ularga sarmoya kiritganlar uchun depozitni ishga tushirdi
Agar siz o‘qituvchi bo‘lsangiz, ANORBANK minnatdorchiligidan o‘z ulushingizni oling
Kimdir haligacha diskriminant formulasini eslaydi. Chunki 7-sinfda Nigora opa bu formulani qirq marta takrorlagan, lekin bir marta ham ovozini balandlatmagan.
Kimdir muhandis bo‘ldi. Chunki fizika o‘qituvchisi bir kuni darsdan keyin qolib, mavzuni yana bir bor — bu safar sekinroq tushuntirib berdi.
Yana kimdir o‘ziga ishondi. Chunki o‘qituvchisi unga hammadan oldin ishongan.
O‘qituvchilar yillar davomida bizga sarmoya kiritadi: vaqtini, sabrini, kechalarini daftarlar uyumi ustida o‘tkazadi. Va deyarli hech qachon bu sarmoya nimaga aylanganini ko‘rmaydi. O‘quvchilar ketadi, ulg‘ayadi, turli joylarga tarqaladi — “rahmat” deyish uchun esa kamdan-kam qaytadi.
ANORBANK o‘ziga oddiy savol berdi: ular uchun kim sarmoya kiritadi?
Shu tariqa “Murabbiy” paydo bo‘ldi — 1-oktabr, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab, aynan o‘qituvchi va murabbiylar uchun yaratilgan depozitlar.
Bu depozit o‘qituvchi bir vaqtlar biz uchun qilgan ish kabi ishlaydi — ishonchli va natijasi ko‘rinadigan daromad bilan:
- yillik stavka — 22%;
- muddat — 3 oy;
- boshlang‘ich summa — 1 000 000 so‘mdan;
- foizlar har oy hisoblanadi — natijani yigirma yildan keyin emas, hoziroq ko‘rish uchun.
Depozitni rasmiylashtirish uchun 3 ta qadam kifoya:
1. Yaqin ANORBANK ofisiga tashrif buyuring.
2. Bank xodimiga pasport va ta’lim sohasida ishlashingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim eting.
3. Shundan so‘ng depozit ilovada ham foydalanish uchun ochiladi va uni masofadan boshqarishingiz mumkin bo‘ladi.
ANORBANK o‘qituvchilarga shunchaki tabriknoma bilan emas, amaliy ish bilan rahmat aytmoqchi bo‘ldi. “Murabbiy” — ularning kichik javob tariqasidagi sarmoyasi.
“Murabbiy” ANORBANK depozitlar qatorining yangilanishi bilan birga paydo bo‘ldi. Bank shartlarni qayta ko‘rib chiqdi, shunda har kim o‘z maqsadiga mos depozitni tanlashi mumkin:
- Fursat — so‘mda yillik 21%. Jamg‘armadan daromadgacha qulay va tezkor yo‘l.
- Gavhar — valyutada yillik 6%. Jamg‘armalaringiz uchun ko‘proq erkinlik va moslashuvchanlik.
- Manfaat — USDda yillik 7%. Jamg‘armalaringiz uchun ishonchli hamroh.
- Yuksak — USDda yillik 8%. Katta rejalaringiz uchun.
Agar siz o‘qituvchi bo‘lsangiz — ANORBANKga tashrif buyurib, ularning minnatdorchiligidan o‘z ulushingizni oling. Yoki “Murabbiy” haqida o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan o‘qituvchingizga aytib qo‘ying.
Depozitlarni rasmiylashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumot — ANORBANK saytida va 1290 raqami orqali.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ