Silk Avia Toshkentdan Andijonga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi

Parvozlar 20-martdan seshanba va payshanba kunlari joriy qilinadi

Silk Avia Toshkentdan Andijonga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi

20-martdan boshlab Silk Avia Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Aviaqatnovlar haftaning seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 11:20, Andijonga yetib borish soat 12:20;
  • Andijondan jo‘nab ketish soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.

Chiptalar narxi bir tomonga 337 ming so‘mdan, borish va qaytish 674 ming so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni silk-avia.com saytidan, mobil ilovadan, mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi