Andijon viloyatida infratuzilmani rivojlantirish uchun investkompaniya tashkil etiladi

Hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari to‘liq modernizatsiya qilinib, tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi

Andijon viloyatida infratuzilmani rivojlantirish uchun investkompaniya tashkil etiladi

Prezident Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hujjatga ko‘ra, viloyatning barcha tuman va shaharlarida kommunal tizimlar kengaytiriladi va bosqichma-bosqich to‘liq yangilanadi. Andijon tumanida joylashgan “Yangi Andijon” (Bobur) shaharchasini zarur kommunikatsiyalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu choralar investorlar faoliyati uchun uzluksiz sharoit yaratishga qaratilgan.

Davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida “Andijon Invest kompaniyasi” AJ tashkil etiladi. Mazkur tuzilma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda vositachi sifatida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, viloyat hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi qayta nomlandi. Endilikda u Andijon viloyatini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi deb yuritiladi. Jamg‘arma mablag‘lari hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ustuvor loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi