Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi

Qayd etilishicha, kompaniyadagi ulushni sotishda boshqa ishtirokchilarning ustuvor huquqidan foydalanilgan

Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Paynet xususiylashtirilishi jarayoni nega keng jamoatchilikka alohida e’lon qilinmaganiga izoh berdi. Bu haqda agentlik vakili matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Agentlik direktori Sohibjon Murodovning tushuntirishicha, Paynet o‘sha davrda MChJ shaklida faoliyat yuritgan va uning xususiylashtirilishida qonunchilikda belgilangan mexanizm qo‘llangan. Unga ko‘ra, MChJ ishtirokchilaridan biri o‘z ulushini sotmoqchi bo‘lsa, avvalo boshqa ishtirokchilarga yoki jamiyatning o‘ziga uni sotib olishni taklif qilishi kerak.

Mazkur tartib ishtirokchilarning qonunchilikda belgilangan ustuvor huquqidan foydalanish imkonini beradi. Paynet bo‘yicha ham ulush shu huquq asosida realizatsiya qilingan.

Murodovning qayd etishicha, ayni mexanizm bugungi kunda sotuvga chiqarilayotgan ayrim MChJlarga nisbatan ham qo‘llanmoqda. Biroq Davaktiv bunday xususiylashtirish usullaridan foydalanilganda jamoatchilikka axborot berish amaliyotini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Biz o‘z ish uslubimizga o‘zgartirish kiritdikki, bunday xususiylashtirish usullaridan foydalanganda ham endi keng jamoatchilikka axborotni oshkor qilib boramiz, — dedi agentlik vakili.

NKMK IPO jarayoni davom etmoqda

Matbuot anjumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK)ni xalqaro IPOga chiqarish masalasi ham muhokama qilindi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, IPO jarayoni to‘xtatilmagan. Hozirda kompaniyaning boshqaruv tizimini xalqaro standartlarga o‘tkazish, buxgalteriya hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv mexanizmlarini transformatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Avvalgi korxona negizida uchta alohida subyekt tashkil etilgani ham ushbu jarayonning bosqichlaridan biri hisoblanadi.

IPOga chiqish uchun kompaniyaning ma’lum tarixga, jumladan, ijobiy moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Shu sababli NKMKning xalqaro IPOsi bo‘yicha jarayon davom etmoqda.

Agentlik oltin narxining o‘zgarishi IPOni amalga oshirish rejasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kechiktirish yoki to‘xtatishga sabab bo‘lmayotganini ham qayd etdi. Oltin narxi kompaniyaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin, biroq IPO vaqtida kompaniyaning qiymati xalqaro fond bozorlaridagi kotirovkalar va boshqa omillar asosida baholanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda
/
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda