Uzbekistan GTL’ni xususiylashtirish va IPO’ga chiqarish ishlari boshlandi

Xususiylashtirishdan oldin korxonaning moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati auditdan o‘tkaziladi

Uzbekistan GTL’ni xususiylashtirish va IPO’ga chiqarish ishlari boshlandi

Yonilgʻi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Oʻzbekistondagi yirik zavodlardan biri Uzbekistan GTL’ni xususiylashtirish boʻyicha ishlar boshlangan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov 8-oktyabr kuni Toshkent shahrida oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Tadbirda 2025-yildagi prezident farmoni asosida kreditlar evaziga qurilgan zavod xususiylashtirilishi belgilangani, hozirda vaziyat qandayligi toʻgʻrisida soʻraldi. Agentlik rahbarining aytishicha, kompaniyani sotish konsepsiyasi mavjud. Hozirda xususiylashtirish boʻyicha ishlar boshlangan.

Uzbekistan GTL’ni xususiylashtirish konsepsiyasi mavjud va bu jarayon boshlangan. Uning ta’kidlashicha, prezident qarorida belgilangan muddat zavodni aynan shu vaqtda sotish emas, balki xususiylashtirish jarayonini boshlashni anglatadi.

Xususiylashtirishdan oldin korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati auditdan o‘tkaziladi, ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir qiluvchi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, zavod xususiylashtirilganidan keyin bu jarayonning iqtisodiyot, yetkazib beruvchilar va mahsulot xaridorlariga ta’siri tahlil qilinadi.

Sohibjon Murodovning aytishicha, Uzbekistan GTLʼni IPOʼga, yaʼni kompaniyaning oʻz aksiyalarini birinchi marta ommaviy ravishda sotuvga chiqarishi boʻyicha ham ishlar boshlangan.

Birinchi IPO’da ishtirok etish qiziqishini bildirgan yirik xalqaro tashkilotlar ham bor. Ular bizga murojaat qilishdi. “Qachon IPO qilasizlar, bizlar ishtirok etmoqchimiz” deb aytishdi. Yaʼni bu biz uchun yaxshi signal. IPO’ga chiqaradigan boʻlsak, GTL’ning kichik aksiyalarini sotib olishga qiziquvchilar ham boʻladi. Moliyaviy faoliyati boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri axborotga ega emasman. Lekin u axborotni yetkazib berishga tayyormiz, dedi Davaktiv agentligi masʼuli.

Maʼlumot uchun, Uzbekistan GTL zavodi 2021-yil dekabrda ishga tushirilgan. Uning binolari maydoni 135 gektarligi aytilgan. Majmua yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlash quvvatiga egaligi bildirilgan.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda
/
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda
Toshkent metrosi uchun 14 ta yangi elektropoyezd xarid qilish rejalashtirilmoqda
/
Toshkent metrosi uchun 14 ta yangi elektropoyezd xarid qilish rejalashtirilmoqda
UzAutoMotorsʼni sotib olishga uchta davlatdan xaridor qiziqish bildirdi
/
UzAutoMotorsʼni sotib olishga uchta davlatdan xaridor qiziqish bildirdi