Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi viza tasdig‘i kechikishi va hujjat elektron pochtaga kelib tushmasligi mumkinligidan ogohlantirdi

Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni Tailand elektron vizasining rasmiy sayti Thai E-Visa saytida nosozliklar kuzatilganidan ogohlantirdi. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda viza olishdagi qiyinchiliklar haqida shikoyatlar tarqalganidan keyin e’lon qilindi.

Shu hafta o‘zbekistonlik sayyohlar aeroportda oxirgi daqiqagacha viza tasdig‘ini kutgani, ammo ucholmagani haqida yozishdi. Ayrimlar tasdiq kelgani, biroq viza fayli elektron pochtaga yuborilmaganini bildirgan.

Saytda ariza holati muvaffaqiyatli ko‘rib chiqilgan deb ko‘rsatilgani holda, vizani tasdiqlovchi hujjat ariza beruvchining elektron pochta manziliga kelib tushmasligi mumkin. Tailand Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, arizani ko‘rib chiqish muddati 10 kundan oshmaydi. Ammo amalda viza tasdig‘i to‘lov amalga oshirilganidan keyin o‘rtacha 15 kun ichida keladi, — dedi Bosh konsulxona.

Konsulxona viza yig‘imini Tailandning Moskvadagi elchixonasida naqd pulda to‘lash kerakligini tasdiqladi. Shuningdek, to‘lovni uchinchi shaxslar, jumladan, turfirma vakillari orqali amalga oshirish mumkin. Arizani ko‘rib chiqish viza yig‘imi to‘langanidan keyingina boshlanadi.

Fuqarolarga safarni rejalashtirishda ehtimoliy texnik nosozliklarni hisobga olish va elektron vizani oldindan rasmiylashtirish tavsiya etildi.

Tailand 15-sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz kirish tartibini bekor qilgan. Tailandning Toshkentdagi Faxriy konsulligi viza yig‘imi va qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovni uchinchi shaxslar orqali amalga oshirish mumkinligini bildirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari uchun qulayroq sharoit yaratish bo‘yicha Tailand tomoni bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
/
MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda