O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi. Yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda. “Shovot – Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida Kooperatsiya dasturini qabul qilish hamda uni ikki mamlakat hududlari darajasida ham amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjat siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun institutsional asos yaratadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
/
Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
O‘zbekistonda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentliklarining yagona reyestri joriy etiladi
/
O‘zbekistonda rieltorlar va ko‘chmas mulk agentliklarining yagona reyestri joriy etiladi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi