Andijon viloyatida $140 mlnlik chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi

Loyiha yiliga 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi

Andijon viloyatida $140 mlnlik chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi

7-iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hududida maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Loyihaning umumiy qiymati $140 mln miqdorida bo‘lib, bu orqali kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Zavod 2025−2027-yillarda qurilib, foydalanishga topshiriladi va unda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Sanoat korxonasi Xitoyning China International “CAMCYe” kompaniyasi ishtirokida barpo etilmoqda, ushbu kompaniya bilan memorandum 2024-yilda imzolangan edi.

Ta’kidlanishicha, ayni loyihalar hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechim va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish, chiqindilarni poligonlarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash va zararli moddalarning atmosferaga tarqalishini cheklashi bila ahamiyatlidir.

Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston prezidentining 2025-yil 24-mart kunidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 116-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.

O’tgan yilning oktabr oyida O‘zbekistonda 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurilishi va chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan, buning uchun taxminan $1,3 mlrd ajratilishi haqida xabar berilgandi. Unda Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasining $350 mln to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasi hisobidan Andijon va Toshkent viloyatlarida 2 ta zavod barpo etilishi ma’lum qilingandi.

Shu bilan birga, Xitoyning yana bir kompaniyasi  “Shanghai SUS Environment” ham $310 mln to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritib, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod qurishni rejalashtirgan.

Birlashgan Arab Amirliklari “Tadweer Group” kompaniyasining $200 mln mablag‘iga Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun bitta zavod quriladi.

Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyasi ishtirokidagi loyihada $55 mlnga Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida hosil bo‘ladigan gazdan muqobil elektr energiyasi olish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu loyihalar natijasida yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindi yoqilib, 2 mlrd 100 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib $97 mln qiymatidagi elektr energiyasi sotilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi