Andijonda $500 mlnlik temiryo‘l va avtologistika loyihasi amalga oshiriladi

Hukumat vakillari Xitoyning “China Shandong Huada Group” kompaniyasi bilan bu haqdagi kelishuv imzoladi

Andijonda $500 mlnlik temiryo‘l va avtologistika loyihasi amalga oshiriladi

Andijon viloyatining ikki tumanida temiryo‘l va avtologistika loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov hamda mas’ullar ishtirokida Xitoydan kelgan “China Shandong Huada Group” kompaniyasi investorlari va hamkorlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, viloyatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlarida qiymati $500 mlnga teng bo‘lgan temiryo‘l va avtologistika yo‘nalishini barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralardan so‘ng mutasaddilar va xitoylik investorlar loyihalar amalga oshiriladigan hudud bilan tanishdilar. Hokimlikka ko‘ra, ushbu hamkorlik viloyatda transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi