“AMKODOR-AGROTECHMASH” zavodi binosi auksionga qo’yildi

Arizalar 27-yanvarga qadar qabul qilinadi

“AMKODOR-AGROTECHMASH” zavodi binosi auksionga qo’yildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan “AMKODOR-AGROTECHMASH” zavodi binosi sotuvga qo’yildi. Bu haqdagi ma’lumotlar “e-auksion” platformasiga joylashtirildi. 

Obyektlar sobiq Toshkent traktor zavodi hududida, Buyuk Ipak Yo‘li va Gulsanam ko‘chalari chorrahasida joylashgan bo‘lib, “AMKODOR-AGROTECHMASH” kompaniyasiga tegishli.

1953-yilda qurilgan uch qavatli ofis binosi va 1963-yilda qurilgan bir qavatli ishlab chiqarish sexi sotuvga qo‘yilgan.

Ayni vaqtda sotib olishni istaganlar uchun arizalar 27-yanvar soat 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Shundan so’ng, savdo jarayonlari boshlanishi rejalashtirilgan. 

Binoning umumiy maydoni 10,498 kvadrat metrni tashkil qilib, boshlang’ich narxi 38,182 mrldga baholangan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
/
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi