Aksa Elektrik Samarqand elektr tarmoqlariga $1 mlrd investitsiya kiritadi

Kompaniya tarmoqlarni 30 yil davomida boshqaradi, dastlabki 10 yilda kamida $350 mln sarmoya kiritishi kerak

Aksa Elektrik Samarqand elektr tarmoqlariga $1 mlrd investitsiya kiritadi

Turkiyaning Aksa Elektrik kompaniyasi Samarqand viloyatining taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishning 30 yillik davrida qariyb $1 mlrd investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, xususiy hamkor loyihani amalga oshirishning dastlabki 10 yilida kamida $350 mln investitsiya kiritishi lozim.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Aksa Elektrik xalqaro tender yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyatining taqsimlovchi elektr tarmoqlarini 30 yil davomida boshqarish va ekspluatatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.

Kompaniya hisobotida 2026-yilda xalqaro bozordagi faoliyatini Samarqand viloyatidagi loyihadan boshlashi qayd etilgan. Loyiha qariyb 1 mln iste’molchini qamrab oladi.

Loyiha haqida

Aksa Elektrik 2024-yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” bilan davlat-xususiy sheriklik asosida taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan. 2025-yilda esa kompaniya Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini 30 yil muddatga ekspluatatsiya qilish huquqi uchun o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lgan.

Loyiha shartlariga ko‘ra, elektr tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishda foydalaniladigan mahsulotlarning kamida 90%i ichki bozordagi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinishi kerak.

Samarqand viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining barcha xodimlari Aksa Elektrik kompaniyasiga ishga qabul qilinadi. Bunda xorijdan atigi 10–15 nafar mutaxassis jalb etilishi rejalashtirilgan. Qolgan ishlar mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Turkiya kompaniyasi xodimlarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish va joriy etiladigan texnologiyalar bilan tanishtirishni ham o‘z zimmasiga oladi.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda taqsimlovchi elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish bo‘yicha ilk loyiha hisoblanadi. Avvalroq Sherzod Xo‘jayev ushbu tajriba asosida boshqa hududlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Prezident topshirig‘i berilganini ma’lum qilgan.

Aksa Elektrik mutaxassislari Samarqand viloyatida allaqachon ish boshlagan. Hududdagi vaziyat o‘rganilgach, dastlabki ikki yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 400 ta mikroloyiha tanlab olingan. O‘rtacha hisobda har bir mikroloyiha bitta mahallaga to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri yuritiladi
/
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri yuritiladi
O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi bor oylik minimumni yangiladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi bor oylik minimumni yangiladi
Xorazmda aeroport va Xivani bog‘laydigan 11 kilometrlik yangi temir yo‘l ishga tushirildi
/
Xorazmda aeroport va Xivani bog‘laydigan 11 kilometrlik yangi temir yo‘l ishga tushirildi