O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi

Bir yil ichida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni qariyb 345 mingtaga ko‘paydi

O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi

2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 mln 903,1 mingtaga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Hisobotga ko‘ra, bir yil davomida aholi egaligidagi avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan.

Ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etib, ularning ulushi jami transport vositalarining 92,8% iga teng bo‘lgan.

2026-yil 1-aprel holatiga jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari quyidagicha taqsimlangan:

  • yengil avtomobillar — 4 mln 552,3 ming dona;
  • yuk avtomobillari — 330,3 ming dona;
  • mikroavtobuslar — 7,5 ming dona;
  • maxsus transport vositalari — 7,2 ming dona;
  • avtobuslar — 5,8 ming dona.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi