Jizzax viloyatidagi AES qurilishi uchun O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma ishchi guruh tuzadi

Mutaxassislar atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishidan oldin loyiha hujjatlarini birgalikda ekspertizadan o‘tkazadi

Jizzax viloyatidagi AES qurilishi uchun O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma ishchi guruh tuzadi

“O‘zatom” agentligi va Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi delegatsiyasi Moskvaga tashrifi davomida “Rosatom” bilan Jizzax viloyatida qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasi loyihasi hujjatlarini tekshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Rosatom”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori Dmitriy Volkov hamda Tarmoq kapital qurilish markazi mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish uchun zarur loyiha hujjatlarini mustaqil ekspertizadan o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Shuningdek, milliy kadrlarni tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi. Tashkil etilayotgan ishchi guruh tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni tezkor muvofiqlashtirish va ekspert xulosalarini tayyorlash jarayonini jadallashtirishi kutilmoqda.

O‘zbekiston tomoni, shuningdek, Atom sanoati qurilish tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuvda ushbu uyushmaga a’zo kompaniyalarni mamlakat hududidagi qurilish ishlariga jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuvlar doirasida “MVM EGI Zrt.” kompaniyasi vakillari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralarda bo‘lajak energetika majmuasi uchun quruq gradirnyalarni qurish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors gibrid Chevrolet Equinox PHEV savdosini boshladi
/
UzAuto Motors gibrid Chevrolet Equinox PHEV savdosini boshladi
Markaziy bank rasmiy valyuta kursini hisoblashda birjadan tashqari bitimlarni ham inobatga oladi
/
Markaziy bank rasmiy valyuta kursini hisoblashda birjadan tashqari bitimlarni ham inobatga oladi
Birinchi qavatdagi xonadonlardan servis uchun foydalanishga ruxsat berish taklif qilindi
/
Birinchi qavatdagi xonadonlardan servis uchun foydalanishga ruxsat berish taklif qilindi