«ACWA Power» O’zbekistondagi loyiha uchun YETTB’dan $140 mlnlik kredit olishni rejalashtirmoqda

Kompaniya 200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stantsiyasini qurmoqchi

«ACWA Power» O’zbekistondagi loyiha uchun YETTB’dan $140 mlnlik kredit olishni rejalashtirmoqda

Saudiya Arabistoni «ACWA Power» kompaniyasi O’zbekistonning Toshkent viloyatida qayta tiklanadigan energiya loyihasi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YETTB) kredit jalb qilmoqchi.

Kompaniya 200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stantsiyasini va 500 MVt quvvatga ega batareyaga asoslangan energiyani saqlash tizimini yaratishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati $546,33 mlnni tashkil etadi.

«ACWA Power» O’zbekistonda aynan shu maqsadda tashkil etilgan «ACWA Power Riverside Solar» sho’ba korxonasi orqali ushbu loyiha uchun YETTB’dan $140 mln kredit olish niyatida.

Shuni ta’kidlash kerakki, «ACWA Power» O’zbekistonda shamol va quyosh energiyasini rivojlantirish bilan bog’liq bir qator loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston va OPEC jamg’armasi $500 mlnlik shartnoma imzoladi
/
O’zbekiston va OPEC jamg’armasi $500 mlnlik shartnoma imzoladi
Uch yil ichida O’zbekistonda marketpleyslar aylanmasi $1 mlrdga yetadi — ILMA
/
Uch yil ichida O’zbekistonda marketpleyslar aylanmasi $1 mlrdga yetadi — ILMA
O’zbekiston Markaziy banki mart oyida yana oltin sotish bo’yicha yetakchiga aylandi
/
O’zbekiston Markaziy banki mart oyida yana oltin sotish bo’yicha yetakchiga aylandi