Ayrim toifadagi o‘quvchilarga o‘qitish xarajatlarining 80% qismi qoplab beriladi

Buning uchun ularning ota-onalari ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnoma tuzishi lozim

Ayrim toifadagi o‘quvchilarga o‘qitish xarajatlarining 80% qismi qoplab beriladi

Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Unga ko‘ra, Hukumat qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’limga jalb qilish hamda o‘qitish xarajatlarining 80% ini davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

Ayrim toifadagi o‘quvchilar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.

O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi. O‘quvchilarning ota-onalari hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha 1 nafar o‘quvchiga har bir to‘garak uchun 1 oylik to‘lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:

  • 7-11 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;
  • 12-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun umumta’lim fanlari, 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun xorijiy til yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;
  • 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.

To‘garak to‘lovining 80% i Davlat byudjetidan, 20% i o‘quvchining ota-onasi tomonidan to‘lanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi