Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan ayol tadbirkorlarni mukofotladi

IT, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan ayollarga davlat mukofotlari topshirildi

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan ayol tadbirkorlarni mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh faol vatandoshlarni orden va medallar bilan taqdirladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, mukofotlar iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, davlat islohotlarida faol ishtiroki va tashabbuskorligi uchun topshirildi. Mukofotlanganlar orasida xususiy korxona rahbarlari, fermerlar hamda texnologik soha mutaxassislari bor.

“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanganlar

  • Zarifa Axmedova — “Zomin asali” korxonasi rahbari (Jizzax viloyati);
  • Narziniso Bakiyeva — “Bokieva Nazira” fermer xo‘jaligi rahbari (Toshkent viloyati);
  • Muhabbat Daminova — “Orzu Daminzoda” fermer xo‘jaligi rahbari (Surxondaryo viloyati);
  • Irina Matviyenko — “Nemolchi.uz” ijtimoiy loyihasi rahbari.

“Sog‘lom avlod uchun” II darajali ordeni:

  • Barno Karimova — “Iffatli kelin” o‘quv markazi asoschisi (Toshkent).

“Sog‘lom turmush” medali:

  • Muhoyoxon Pazilova — Farg‘ona viloyatidagi “Miss Fitness” sog‘lomlashtirish markazi rahbari.

“Kelajak bunyodkori” medali:

  • Maxliyoxon Muxsinova — IT Park Uzbekistan bosh direktorining IT xizmatlari eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari.

“Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar:

  • Shahnoza Abduvohidova — Uzinfocom raqamlashtirish bo‘yicha direktori;
  • Muqaddas Atayeva — yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi (Urganch);
  • Aychurak Buranova — “Flowers Anya” rahbari (Andijon viloyati);
  • Zulayxo Butayeva — “Boyovut agropilla” ipakchilik xo‘jaligi vakili (Sirdaryo viloyati);
  • Nilufar Jurayeva — “Dream’s Shahrinaz” rahbari, hunarmand (Surxondaryo viloyati);
  • Zebohon Muminova — “Nova School” ta’lim muassasasi rahbari (Toshkent);
  • Lobarxon Normatova — “Furqat” fermer xo‘jaligi rahbari (Farg‘ona viloyati);
  • Malahat Hunarova — “Oydin Central Service” rahbari (Angren).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi