O‘zbekistonda 2027-yildan 69 turdagi dori vositalari aholiga bepul beriladi

Surunkali kasalliklarni davolash uchun ajratilgan bepul preparatlar ro‘yxati ikki baravardan ko‘proqqa kengaytirildi

O‘zbekistonda 2027-yildan 69 turdagi dori vositalari aholiga bepul beriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash dasturi kengaytiriladi. Yangilangan ro‘yxat Lex.uz portalida e’lon qilindi.

Hozirda mamlakat poliklinikalarida bemorlarga 28 turdagi dori vositasi bepul taqdim etiladi. Vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan yangi ro‘yxat esa onkologik, endokrin, yurak-qon tomir va ruhiy kasalliklar, shuningdek oshqozon-ichak hamda o‘pka xastaliklarini davolash uchun mo‘ljallangan 69 turdagi preparatni o‘z ichiga oladi.

Dori vositalarini olish uchun fuqarolar avvalo oilaviy shifokorga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Tasdiqlangan ro‘yxatdagi kasallik aniqlangan taqdirda, shifokor elektron retsept rasmiylashtiradi. Shu asosda fuqarolar Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonalardan dori vositalarini olishlari mumkin bo‘ladi.

Mamlakatning barcha hududlarida reimbersatsiya tizimini joriy etish ishlari 2026-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Yangilangan tartib 2027-yil 1-yanvardan rasman kuchga kiradi.

Dori vositalari ro‘yxati bilan Lex.uz portalida tanishish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
/
Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
/
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi