Budjet mablag‘i hisobidan 6 ta shahar va 44 ta shaharcha uchun bosh reja ishlab chiqiladi

Bundan tashqari, prezident 104 ta qishloq bo‘yicha master rejani yakunlash topshirdi

Budjet mablag‘i hisobidan 6 ta shahar va 44 ta shaharcha uchun bosh reja ishlab chiqiladi

Kapital.uz avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tayotgani haqida xabar bergandi.

Qayd etilishicha, mamlakatda urbanizatsiya darajasi 51% ga yetib, qariyb 20 mln odam shaharlarda yashamoqda.

Bir narsani yaxshi tushunish zarur: agar urbanizatsiya darajasi 1% ga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1% ga ko‘payadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga o‘sadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi kerak,– dedi Prezidentimiz.

Bosh rejalarni ishlab chiqish uchun budjetdan yiliga 200-250 mlrd so‘m berilmoqda. Bu mablag‘lar bosh rejasi bo‘lmagan yoki eskirgan hududlarga sarflanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kichik shahar va shaharchalarda ham katta loyiha qilaman degan tadbirkorlar borligi, shaharsozlik hujjati yo‘qligi uchun ularning ishi to‘xtab turgani qayd etildi. O‘zi mablag‘ tikib, tezroq bosh reja ishlab chiqilishidan manfaatdor tadbirkorlar ham ko‘p.

Viloyat hokimlari, Urbanizatsiya qo‘mitasiga joriy yilda budjet mablag‘i hisobidan 6 ta shahar, 44 ta shaharcha bo‘yicha bosh reja, yana 104 ta qishloq bo‘yicha master rejani oxiriga yetkazish, bunga qo‘shimcha tashabbuskor biznes vakillari bilan yana 50 ta aholi punkti bo‘yicha shaharsozlik hujjatini ishlab chiqishni boshlash topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
/
UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi