Dollar kursi 2025-yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi

Markaziy bank 6-avgust uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi

Dollar kursi 2025-yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi

Markaziy bank 2026-yil 6-avgustdan amal qiladigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kurslarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, AQSH dollari kursi 55,49 so‘mga pasayib, 11 886,72 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil dekabr oyi boshidan buyon qayd etilgan eng past daraja bo‘ldi.

Yevro ham 25,83 so‘mga arzonlashib, 13 717,27 so‘mga tushdi.

Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalarning rasmiy kurslari quyidagicha belgilandi:

  • funt sterling — 16 007,85 so‘m (-43,67);
  • Rossiya rubli — 146,37 so‘m (-1,05);
  • Xitoy yuani — 1 761,23 so‘m (-7,04);
  • Yaponiya iyenasi — 75,35 so‘m (-0,28);
  • Qozog‘iston tengesi — 25,33 so‘m (+0,06).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi yirik korxonalarning yarmi qarz foizlarini foydasi hisobidan qoplay olmaydi
/
O‘zbekistondagi yirik korxonalarning yarmi qarz foizlarini foydasi hisobidan qoplay olmaydi
O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalari J.P. Morgan indeksiga kiritiladi
/
O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalari J.P. Morgan indeksiga kiritiladi
O‘zbekistonda dollar kursi pasaya boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasaya boshladi