O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi

Shuningdek, kumushni 510 tonnaga va misni 676 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan

O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, tog‘-kon sanoati mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, 2025-yilda respublikada ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotining 20% i ushbu soha hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tarmoq korxonalari tomonidan budjetga 118,5 trln so‘m tushum ta’minlangan.

Mutasaddilar sohani texnologik transformatsiya qilish, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy raqamli yechimlarni tatbiq etish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda yirik tog‘-kon sanoati korxonalarida raqamli yechimlarni joriy etish hisobiga 7,3 trln so‘m operatsion xarajatlar tejalgan. Natijada mahsulot tannarxi o‘rtacha 9,1% ga pasaygan.

Shuningdek, “Geomonitoring” axborot tizimi ishga tushirilib, 2 mingdan ortiq foydali qazilma uchastkalariga oid ma’lumotlar raqamli shaklga o‘tkazilgan.

Taqdimotda kelgusi besh yillikda mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha rejalar ham ma’lum qilindi. Xususan, oltin zaxiralarini qo‘shimcha 879 tonnaga, kumushni 510 tonnaga va misni 676 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangani qayd etildi.

Prezident sohada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarining natijadorligini oshirish hamda tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi