35 ta shahar va tuman soliq inspeksiyalarida yangi rahbar tayinlandi

Qo‘mita tayinlovlarni soliq organlarida olib borilayotgan institutsional islohotlar doirasidagi o‘zgarishlar bilan izohladi

35 ta shahar va tuman soliq inspeksiyalarida yangi rahbar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov buyrug‘i bilan O‘zbekistondagi 35 ta shahar va tuman soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot zizmati xabar qildi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tayinlovlar orasida ayol rahbarlar ham bor. Xususan, G‘ozg‘on shahri, Shirin shahri, Muborak va Termiz tumanlarida ayollar inspeksiya rahbarligi lavozimlariga tayinlangan.

Qo‘mita tayinlovlarni soliq organlarida olib borilayotgan institutsional islohotlar doirasidagi o‘zgarishlar bilan izohladi. Unda kadrlar salohiyatini oshirish, hududlarda soliq ma’muriyatchiligini kuchaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsad qilingani qayd etilgan.

Tayinlovlar:

Andijon viloyati

  • Bo‘ston tumani soliq inspeksiya boshlig‘i — Shamsuddinov Alibek Rashid o‘g‘li;
  • Marhamat tumani SI boshlig‘i — Erkaboyev Fazliddin Sharobidinovich;
  • Paxtaobod tumani SI boshlig‘i — Mamatov Kamoliddin Raximjonovich.

Jizzax viloyati

  • Forish tumani SI boshlig‘i — Islamov Jasurbek Nematovich;
  • Yangiobod tumani SI boshlig‘i — Mustafakulov Kobiljon Nabijanovich.

Qashqadaryo viloyati

  • Qarshi shahri SI boshlig‘i — Xomidov A’zam Tashkanovich;
  • Ko‘kdala tumani SI boshlig‘i — Sobirov Shohboz Soibqiron o‘g‘li;
  • Muborak tumani SI boshlig‘i — Niyozova Sugdiyona Mexmonovna;
  • Shahrisabz tumani SI boshlig‘i — Sadullayev Iskandar Asadovich.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  • Kegeyli tumani SI boshlig‘i — Risnazarov Ruslan Mambetbayevich;
  • Nukus shahar SI boshlig‘i — Seitov Aydos Iskenderovich;
  • Chimboy tumani SI boshlig‘i — Artikov Sultan Jarilkaganovich.

Navoiy viloyati

  • G‘ozg‘on shahar SI boshlig‘i — Umarova Zaxro Furqat qizi;
  • Qiziltepa tumani SI boshlig‘i — Pirmatov Umidjon Karimovich.

Namangan viloyati

  • Chortoq tumani SI boshlig‘i — Turg‘unov Sardor Maxmudovich.

Samarqand viloyati

  • Jomboy tumani SI boshlig‘i — G‘afurov Firuz Kurbonboyevich;
  • Kattaqo‘rg‘on tumani SI boshlig‘i — Otamurodov Murodali Yusupovich.

Sirdaryo viloyati

  • Shirin shahar SI boshlig‘i — Abdukayumova Munira Safarovna.

Surxondaryo viloyati

  • Angor tumani SI boshlig‘i — Xudoyqulov Ilxom Yuldashovich;
  • Termiz tumani SI boshlig‘i — Shoturayeva Maftuna Elturayevna;
  • Uzun tumani SI boshlig‘i — Xushvaktov Abduraxmon Shukurovich;
  • Sho‘rchi tumani SI boshlig‘i — Nazarov Akmaliddin Saloxiddinovich.

Toshkent viloyati

  • Ohangaron tumani SI boshlig‘i — Muminov Anvar Umirzoq o‘g‘li;
  • Qibray tumani SI boshlig‘i — Boboyev Rovshan Odilovich;
  • Yangiyo‘l shahar SI boshlig‘i — Shamshiyev Sherzod Sultanovich.

Farg‘ona viloyati

  • Bag‘dod tumani SI boshlig‘i — Maxsudov Axrorjon Baxodirovich;
  • Beshariq tumani SI boshlig‘i — Fozilov Ulug‘bek Egamberdiyevich;
  • Quva tumani SI boshlig‘i — Bekmirzayev Kuyoshbek Xolmatovich;
  • Qo‘qon shahar SI boshlig‘i — Xamrakulov Akmaljon Aliyevich;
  • Oltiariq tumani SI boshlig‘i — Tojiusmonov Bexzod Furqat o‘g‘li;
  • So‘x tumani SI boshlig‘i — Mamajonov Rashidjon Mamajonovich;
  • Farg‘ona tumani SI boshlig‘i — Sultonov Ixtiyorjon Murodjonovich;
  • Farg‘ona shahar SI boshlig‘i — Polvonov Nazarjon Djumanazarovich.

Xorazm viloyati

  • Bog‘ot tumani SI boshlig‘i — Axmedov Sanjarbek Sabirovich;
  • Gurlan tumani SI boshlig‘i — Ro‘zimov Sarvar Axmadjonovich.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent metrosining “Shahriston” bekatida shishali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif qilindi
/
Toshkent metrosining “Shahriston” bekatida shishali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi
/
SOCAR O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi
Mingo‘rik − Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishida yangi metro liniyasi qurilishi rejalashtirilmoqda
/
Mingo‘rik − Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishida yangi metro liniyasi qurilishi rejalashtirilmoqda