29.4.2024 | 16:38
O’zbekistonda dollar kursi keskin pasayib ketdi
Markaziy bank tomonidan 30 aprel kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 30 aprel kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 620,01 so’mni (-42,00) tashkil etdi, yevro ham 71,59 so’mga tushib 13 522,34 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 15 815,40 so’m (-33,64);
- rubl — 135,74 so’m (-1,91);
- Xitoy yuani — 1 742,35 so’m (-4,95);
- Yaponiya iyenasi — 81,03 so’m (+0,22);
- Qozog’iston tengesi — 28,56 so’m (-0,02).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ