GIZ va O’zbekiston yashil iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun 3 mln yevrolik memorandum imzoladi

Ushbu mablag’ xususiy sektorlarni rivojlantirishga ajratiladi

GIZ va O’zbekiston yashil iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun 3 mln yevrolik memorandum imzoladi

Moliya vazirligi Gemaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan “O‘zbekistonda xususiy sektorga ko‘mak va iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlar” loyihasiga qo‘shimcha ravishda 3 mln yevro grant ajratish bo’yicha memorandum imzoladilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha issiqxona gazlarini oʻlchash va sertifikatlash boʻyicha ekspert bilimlarini taqdim etib, Oʻzbekistonning xalqaro issiqxona gazlari savdosida ishtirok etishini va Yevropa ittifoqining Transchegaraviy tartibga solish mexanizmiga (CBAM) moslashishini qoʻllab-quvvatlaydi. 

Mazkur loyiha doirasida sanoatni yashillashtirish, xususiy sektorni yashil iqtisodiyotga o‘tishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniyaning 9 mln yevro miqdoridagi grand mablag‘lari jalb qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Strategik korxonalarni xususiylashtirishda davlat maxsus huquqni saqlab qolishi mumkin
/
Strategik korxonalarni xususiylashtirishda davlat maxsus huquqni saqlab qolishi mumkin
Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni kamaygani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni kamaygani haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi
/
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi