Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi

8-iyundan Shohimardon va So‘x postlari kun-u tun faoliyat yuritadi

Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi

18-iyundan “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardon qishlog‘iga o‘tishdagi “Oq qiya” bojxona punkti va “So‘x” chegara bojxona postining “Chashma” bojxona punkti 24 soatlik ish rejimiga o‘tmoqda, deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.

Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ular qatoriga “Vodil-Qadamjoy” nazorat-o‘tkazish maskani ham qo‘shiladi.

Ushbu chora-tadbirlar Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda, — deyiladi hokimlik xabarda.

So‘x va Shohimardon O‘zbekistonning anklavlari bo‘lib, Qirg‘iziston hududida joylashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi