O‘zbekiston davlat qarzi $43 mlrddan oshdi

Bir yil davomida qarz $6 mlrdga ko‘payib, YaIMga nisbatan ulushi 32,4% dan 34,2% ga yetdi

O‘zbekiston davlat qarzi $43 mlrddan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatida O‘zbekistonning davlat qarzi $43,376 mlrdni tashkil etdi. Shundan $36,41 mlrd — tashqi qarz, $6,96 mlrd — ichki qarz hisoblanadi.

Bir yil davomida qarz $6,135 mlrdga ko‘paydi. YaIMga nisbatan ulushi ham oshib, 32,4% dan 34,2% ga yetdi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra, jami davlat tashqi qarzining 47%i ($16,9 mlrd) budjetni qo‘llab-quvvatlashga, 16%i ($5,9 mlrd) yoqilg‘i-energetika sohasiga, 9%i qishloq va suv xo‘jaligiga ($3,1 mlrd), 8%i ($2,9 mlrd) transport va transport infratuzilmasiga, 8%i uy-joy kommunal xo‘jaligiga ($3 mlrd) yo‘naltirilgan.

Asosiy kreditorlar quyidagilar:

  • Jahon banki — $7,8 mlrd;
  • Osiyo taraqqiyot banki — $7,4 mlrd;
  • Xalqaro investorlar (yevrobondlar) — $5,7 mlrd;
  • Xitoy moliya tashkilotlari — $3,8 mlrd;
  • Yaponiya moliya tashkilotlari — $3,2 mlrd;
  • Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — $1,7 mlrd;
  • Fransiya moliya tashkilotlari — $1,1 mlrd;
  • Islom taraqqiyot banki — $935 mln;
  • Koreya moliya tashkilotlari — $750 mln;
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi — $642 mln;
  • Germaniya davlat banki — $481 mln;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — $401 mln;
  • Boshqa moliyaviy tashkilotlar — $2,5 mlrd.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin