2025-yilda Markaziy bank 488,5 trln so‘mlik obligatsiyalarni muomalaga chiqardi

Eng yuqori hajmdagi obligatsiyalar sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida chiqarildi

2025-yilda Markaziy bank 488,5 trln so‘mlik obligatsiyalarni muomalaga chiqardi

Markaziy bank tomonidan 2025-yilda tijorat banklari o‘rtasida joylashtirilgan obligatsiyalar hajmi sezilarli darajada oshdi. Yil davomida muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar umumiy hajmi 488,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan keskin o‘sdi. O‘tgan yilda obligatsiyalar chiqarilishi 17,5 trln so‘m bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 15,5% darajasida shakllangan edi.

2025-yilda esa obligatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 14% gacha pasaydi. Yil boshida stavkalar 14,9–15,1% atrofida bo‘lgan bo‘lsa, yilning ikkinchi yarmidan boshlab ular 14% darajasida barqarorlashdi.

Eng yuqori hajmdagi obligatsiyalar sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida chiqarildi. Xususan:

  • sentabrda — 63 trln so‘mdan ortiq;
  • oktabrda — 100 trln so‘mdan ziyod;
  • noyabrda — 101 trln so‘mdan ortiq;
  • dekabrda — 155,5 trln so‘m.

Kapital.uz avvalroq regulyator ning 2025-yilda sof tashqi aktivlari 794,5 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yildan boshlab uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi
/
2027-yildan boshlab uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi
2030-yilgacha 20 ming yoshni qamrab oluvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
2030-yilgacha 20 ming yoshni qamrab oluvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
Uzcard kredit qarzlarini avtomatik yechib olishga cheklov joriy etdi
/
Uzcard kredit qarzlarini avtomatik yechib olishga cheklov joriy etdi