O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi

O‘zgarishlar mehnat munosabatlari, tadbirkorlik, soliqlar va turizmga ta’sir qiladi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi

Norma.uz portali tomonidan jamlangan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradigan o‘zgarishlar to‘plami tayyorlandi.

Ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablar yengillashtiriladi

Bandlik organlari yo‘llagan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik uchun ma’muriy javobgarlik hamda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi haqidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish bekor qilinmoqda. Shu bilan birga, davlat mehnat inspektorlari vakolatli organni oldindan xabardor qilmasdan tekshiruvlar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

“Yashil tadbirkor” degan yangi maqom joriy etilmoqda

Biznes subyektlari “yashil tadbirkor” degan yangi maqomga ega bo‘lishi mumkin. Bu maqom egalari “Shaffof qurilish” tizimida ustuvorlikka ega bo‘ladi, ma’lum muddatga ekologik tekshiruvlardan ozod etiladi, xalqaro bozorlarga chiqishda yordam oladi va Barqarorlik reytingida qo‘shimcha ball to‘playdi.

Zargarlik buyumlarini import qilish bo‘yicha yangi qoidalar joriy etilmoqda

2028-yil sentabrgacha zargarlik buyumlarini import qilish uchun bojxona boji 2% ni, erkin muomalaga chiqarish yoki eksport qilishda rasmiylashtirish esa 1 BHMni tashkil etadi. Tamg‘alash uchun yig‘im mahalliy stavkalar darajasiga tenglashtiriladi. Shuningdek, bojlarni to‘lash sharti bilan tasdiqlovchi hujjatlarsiz deklaratsiya qilishga ruxsat beriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Turizm grantlar va subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlanadi

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (yiliga 50 mlrd so‘m) videokontent ishlab chiqarish va targ‘ib qilish xarajatlarining 50% igacha qoplanadi, chet ellarda o‘zbek milliy taomlari restoranlarini ochish uchun $25 minggacha subsidiya ajratiladi, mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlari kompensatsiya qilinadi, shuningdek, mehmonxonalar va savdo-ko‘ngilochar markazlarda suzish havzalari qurish uchun 100 mln so‘mgacha mablag‘ beriladi.

Milliy turizm platformasini ishga tushiriladi

Yangi platforma orqali mehmonxonalarni, sayohatlarni va transport vositalarini band qilish, chiptalar xarid qilish, shuningdek, milliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali xizmatlar uchun haq to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Soliq tekshiruvisiz kichik va o‘rta biznesni tugatilishiga ruxsat berildi

Kichik va o‘rta biznes quyidagi shartlarga rioya qilgan holda soliq tekshiruvisiz ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin: uch yil davomida daromad 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lishi, qarzlar mavjud bo‘lmasligi, muntazam ravishda hisobot topshirish va “Xavf-tahlil” tizimi bo‘yicha past xavf darajasi bo’lishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi