2024-yili mamlakatda jami 40,5 mln kvadrat metr bino va inshootlar qurildi

Qurilishni rag‘batlantirish uchun esa 17 trln so‘m miqdorida ipoteka krediti ajratilgan

2024-yili mamlakatda jami 40,5 mln kvadrat metr bino va inshootlar qurildi

2024-yili mamlakatda jami 40,5 mln kvadrat metr bino va inshootlar qurilgan, shundan 21,4 mln kvadrat metr turar joy va 19,1 mln kvadrat metr noturar obyektlarini tashkil qiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Kecha, 24-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, o‘tgan yilda 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2,44 mingta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kvadrat metrdan oshdi (2020-yilda 16 kvadrat metr bo‘lgan).

Bu 100 mingdan ortiq xonadon hisobiga pudratchilar, boshqaruv va servis, qurilish materiallari, transport kabi sohalarda 350 ming odam ishli bo‘ldi. Mebel, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sohalarida qo‘shimcha 11 trln so‘mlik bozor paydo bo‘ldi.

Qurilishni rag‘batlantirish uchun 2024-yilda 17 trln so‘m miqdorida ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trln so‘m mablag‘ berilgan.

Shuningdek, selektorda “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan. Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bo‘lmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmagan. 

Avvalroq “Kapital.uz” selektorda aytilgan 2025-yilgi rejalar haqida xabar bergan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi
/
Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
/
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi