Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi

Regulyator 2026-yil yakunida inflyatsiya 6,5%, iqtisodiy o‘sish esa 7–7,5% bo‘lishini rejalashtirmoqda

Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Regulyator bu qarorni inflyatsion xatarlar, energiya tariflari oshishining kutilayotgan ta’siri hamda tashqi iqtisodiy noaniqliklar bilan izohladi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida yillik inflyatsiya 5,5%ni tashkil etib, prognoz traektoriyasi doirasida shakllandi. Inflyatsiyaning pasayishiga asosan o‘tgan yilda energiya tariflari oshirilishining yuqori baza ta’siri tugashi sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga, bazaviy inflyatsiya 5,7% darajasida saqlanib qoldi. Xizmatlar sohasida narxlar o‘sishi sekinlashgan bo‘lsa-da, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasida tezlashish kuzatildi.

Regulyatorning qayd etishicha, chakana savdo, xizmatlar, turizm va investitsiyalardagi yuqori o‘sish iqtisodiyotda yalpi talabning barqarorligini ko‘rsatmoqda. Byudjet xarajatlarining faollashuvi esa kelgusi choraklarda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Markaziy bank iyun oyidan energiya resurslari tariflari oshirilishi, transport va ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq ikkilamchi omillar kelgusi choraklarda inflyatsion bosimlarni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidladi.

Regulyator 2026-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiyaning 6,5% atrofida, iqtisodiy o‘sishning esa 7–7,5% oralig‘ida shakllanishi bo‘yicha prognozlarini saqlab qoldi.

Markaziy bankning asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 29-iyulga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi