Toshkentda $1,5 mlrdga sanoat zonasi tashkil etiladi

664,5 gektar maydonda 2500 ta yangi ish o'rni paydo bo'ladi

Toshkentda $1,5 mlrdga sanoat zonasi tashkil etiladi

27 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkentda sanoat va xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar loyihalari taqdim etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida Toshkentda «Toshkent investitsiya kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. U bo’sh yer uchastkalarida loyihalarni amalga oshirish, davlat-xususiy sheriklik va renovatsiya vazifalari bilan shug’ullandi. Bu poytaxtda PPP va renovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun soddalashtirilgan tartiblarni, shuningdek, «hayot sikli shartnomasi» asosida hamkorlikni tasdiqlash imkonini berdi.

Taqdimotda poytaxtning sanoat salohiyatini oshirish va ilg’or texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida «yangi avlod» maxsus sanoat zonasi tashkil etilgani haqida ma’lumot berildi.

664,5 gektar maydondagi sanoat zonasi doirasida $1,5 mlrdlik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, 2,5 ming yangi ish o’rni yaratish, yiliga 1 trillion so’mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va $5 mlnlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzPost’ning davlat ulushi Wildberries’ga 2025-yilda ishonchli boshqaruviga berilgan
/
UzPost’ning davlat ulushi Wildberries’ga 2025-yilda ishonchli boshqaruviga berilgan
InFinBank kuzatuv kengashiga Botir Qobilov mustaqil a’zo etib saylandi
/
InFinBank kuzatuv kengashiga Botir Qobilov mustaqil a’zo etib saylandi
Rossiyadagi gaz quvuri portlashi O‘zbekiston gaz ta’minotiga ta’sir qilmagan — vazirlik
/
Rossiyadagi gaz quvuri portlashi O‘zbekiston gaz ta’minotiga ta’sir qilmagan — vazirlik