Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda $10mlnlik loyihani amalga oshiradi

Loyiha qoramol suyagidan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda $10mlnlik loyihani amalga oshiradi

Hindistonning “BMI”, “GVANTGE” kompaniyalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda umumiy qiymati $10 mln bo‘lgan loyiha kelishuviga erishildi. Bu haqida kompaniya vakillari bilan uchrashgan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi ma’lum qildi

Ushbu loyiha yirik shoxli qoramol suyagini qayta ishlash orqali oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni maqsad qiladi.

Muloqotda loyihani amalga oshirishning tashkiliy va iqtisodiy ahamiyati muhokama etildi. Hozirgi kunda qoramol suyagining qayta ishlanishi ko‘plab mamlakatlarda  iqtisodiy va ekologik — yo‘nalishda foyda keltirmoqda. Bu loyiha O‘zbekiston uchun yangi eksport imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish uchun imkon yaratadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin