30.4.2026 | 16:25
Dollar kursi dekabrdan beri ilk bor 11 940 so‘mdan pastga tushdi
Markaziy bank 2026-yil 1-may uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 1-may sanasiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSH dollari kursi pasayib, 11 937,60 so‘mni tashkil etdi (−37,19). Bu ko‘rsatkich dekabr oyidan buyon ilk bor 11 940 so‘mdan pastga tushdi.
Yevro ham arzonlab, 13 961,02 so‘mga yetdi (−47,09).
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar kurslari quyidagicha belgilandi:
- funt sterling — 16 119,34 so‘m (−51,42);
- rubl — 159,47 so‘m (−0,17);
- yuan — 1 748,13 so‘m (−4,0);
- iyena — 74,92 so‘m (0);
- tenge — 25,78 so‘m (−0,11).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ