O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi birinchi chorakda 290,3 trln so‘mga yetdi
Ko‘rsatkich aholi jon boshiga 7,7 mln so‘mni tashkil qilgan va natija 10,4% ga oshgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mni tashkil etgan, deb xabar bermoqda Milliy Statistika Qo‘mitasi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 290,3 trln so‘mga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 trln so‘mga yoki 12,6 % ga oshgan.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-aprel oylarida xizmatlar hajmi 232,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 112,9% ni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar-aprel oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,7 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4% ga oshgan.
2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 158,3 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54,5% ini tashkil etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ