Toshkentdagi Yunusobod bozorini buzish ishlari boshlandi
O‘tgan yilning dekabr oyida bozor o‘rnida ekobozor, savdo markazi qurilishi ma’lum qilingandi
Foto: Gazeta.uz/ Yevgeniy Sorochin
8-sentabr kuni kechga yaqin ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod bozoridagi (“Universam”) gul do‘konlari buzilishi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Kapital.uz avvalroq o‘rnida uch qavatli ekobozor qurilishi haqida xabar bergandi.
O‘tgan yilning dekabr oyida bozor o‘rnida ekobozor, savdo markazi, ofislar, yerosti avtoturargoh, restoranlar va tomida yashil hududdan iborat majmua qurilishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, yangi ekobozorda jami 4-5 ming ish o‘rni ochilishi ham rejalashtirilmoqda.
May oyida Yunusobod bozori hududining bir qismida ham rekonstruksiya ishlari boshlangandi. Jarayonda Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab, jumladan, yo‘l o‘tkazgich ostidagi avtomobil uchun to‘xtash joylari 180 tadan qariyb 350 ga yetkazildi.
Bundan tashqari, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy bog‘i, “Do‘stlik” bog‘i obodonlashtirilib, yashil hududlar ko‘paytiriladi. “Navro‘z” bog‘ida esa tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, yopiq sport maydonchasi, restoran, konferensiya zali bunyod qilish ko‘zda tutilmoqda.


Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ