26.2.2025 | 11:06
Latviyaning “Sia Kreiss” korxonasi yuk avtomobili haydovchilarini ishga taklif qilmoqda
Oylik daromad 1,6 ming yevrodan boshlanadi va bu lavozimga 40 kishi tanlab olinadi
Фото: Министерство транспорта
Migratsiya agentligi va Latviyaning “Sia Kreiss” korxonasi yuk avtomobili haydovchilari uchun 40 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etmoqda.
Ish turi – yuk avtomobili haydovchisi (E-kategoriya) bo‘lib, oylik daromad 1,6 ming yevrodan 2 ming yevrogacha etib belgilangan.
Nomzodlarga quyidagi talablarga ko‘ra tanlanadi:
- 18-55 yosh oralig’ida;
- rus tilini muloqot darajasida bilish;
- O‘zbekistondan chiqishga ta’qiqi bo‘lmasligi;
- kamida 1 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi;
- sudlanmagan.
Tanlab olingan fuqarolar o’z hisobidan viza xarajatlari, aviachipta, Agentlik to’lovi (BHMning 10 baravari) va ovqatlanish xarajatlarini qoplanishi kerak.
Ishlash istagida bo‘lgan fuqarolari ro‘yxatdan o‘tish uchun anketa to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ