O‘zbekiston 2025–2027 yillar uchun yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini qabul qildi

Xususan, 2025-yil 1-aprelgacha “Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi

O‘zbekiston 2025–2027 yillar uchun yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini qabul qildi

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra,  2025–2027 yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

Yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi. 

2025 yil 1-martgacha AT “Aloqabank”ning hududlarda yoshlarning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirishga hamda moliyalashtirishga ko‘maklashish (“Startaplar”) loyihasi respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi va loyihaning hududlardagi bo‘linmalari malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi. 

Zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investisiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

“Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.

“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.

“Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, qarorda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash instrumentlaridan foydalangan tadbirkorlarning hisobvaraqlariga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

2025-yil 1-aprelgacha “Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi. 

2025-yil 1-apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun”lari tashkil etiladi hamda hududdagi OTMlar bilan hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2025-yil yakunigacha:

  • akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan startaplar soni 200 taga yetkaziladi; 
  • hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muvaffaqiyatli tadbirkor darajasigacha rivojlanishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi, jumladan ularga tayyor ofislar ijaraga beriladi, buxgalteriya, marketing, eksport bozorlariga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda