“Toshkent” Respublika fond birjasi yanvar oyidagi eng yaxshi brokerlarni e’lon qildi

Yetakchi brokerlar sifatida Alkes Research va Kapital-Depozit kompaniyalari tan olindi

“Toshkent” Respublika fond birjasi yanvar oyidagi eng yaxshi brokerlarni e’lon qildi

Alkes Research va Kapital-Depozit 2025-yil yanvar oyida bitimlar soni boʻyicha Oʻzbekistonning yetakchi brokerlari qatoridan joy oldi. Bu haqda “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB) xabar berdi.

Bu kompaniyalar mijozlari mos ravishda 35,8 ming va 30,9 mingta bitim tuzgan. Alkes Research orqali faoliyat 2024-yil dekabrigacha bo‘lgan davr bilan solishtirganda 33,4% ga o‘sdi, Kapital-Depozitdagi bitimlar soni esa deyarli sakkiz baravarga oshdi.

Qolgan kompaniyalar ro‘yxati quyidagicha:

  • Portfolio Investment — 7,4 ming;
  • Freedom Finance — 5,4 ming;
  • Dalal Standard — 2,6 ming;
  • Silk Capital — 1,1 ming;
  • Leader Finance Capital — 872;
  • HBCapital — 804;
  • Tat Reestr — 642;
  • Neftgazdepozit — 389.

Oy davomida eng yuqori savdo hajmi Mulk-Sarmoya Brokerlik depozitariyida va 2024-yil may oyida litsenziya olgan TAT-Reestr kompaniyasida qayd etildi. Ularning aylanmasi mos ravishda 8,7 mlrd va 8,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Eng yuqori savdo hajmiga ega qolgan brokerlar ro‘yxati quyidagicha:

  • Dalal Standard — 4,2 mrd so‘m;
  • Freedom Finance — 3,9 mlrd so‘m;
  • SQB Factoring — 3,5 mlrd so‘m;
  • HBCapital — 2,2 mlrd so‘m;
  • Leader Finance Capital — 2,2 mlrd so‘m;
  • Alkes Research — 1,4 mlrd so‘m;
  • Premium Finance — 1,1 mlrd so‘m;
  • Portfolio Investment — 970,8 mln so‘m.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
/
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi